Milliy gvardiya qo‘mondonligi ayol xodimlar uchun kutilmagan bayram sovg‘asi taqdim etdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan markaziy apparat tarkibidagi 20 nafar xotin-qiz ma’naviy-madaniy hordiq chiqarishi uchun Samarqand shahriga ekskursiya uyushtirildi.
Ekskursiya davomida ular Imom Buxoriy, Shayx Hazrat Doniyor, Amir Temur, Hazrati Xizr, Bibixonim maqbaralari, Registon majmuasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Shohi Zinda kompleksi, shuningdek, Birinchi Prezident maqbarasini ziyorat qildi.
Izoh (0)