Qarshi va Shahrisabz shaharlarida Respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tayanib, O‘zA xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, 2019/2020-o‘quv yilidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshidagi filiali, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabzdagi filiallari talabalarni o‘qitishni boshlaydi.
Izoh (0)