2019-yil 5-yanvardagi Prezidentning “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi hamkorligida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.
Loyiha bilan yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlarning xarajatlarini hamda tashkilotlarni taniqli mehmonxona brendlaridan foydalanish bo‘yicha franchayzing xarajatlarini qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan.
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlarga subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi elektron manzili orqali muhokamaga qo‘yildi. Fuqarolardan mazkur qaror loyihasining muhokamasida faol ishtirok etishlari so‘ralgan.
Izoh (0)