“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasida fevral oyining eng yaxshi murabbiyi deya e’tirof etildi. Bu haqda chempionatning rasmiy saytida xabar berildi.
O‘tgan oyda “shahrliklar” 48 yoshli mutaxassis qo‘l ostida 4 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi, jumladan, “Arsenal” (3:1) va “Chelsi” (6:0) klublarini mag‘lub etdi.
Xosep Gvardiola Angliya premyer ligasida mazkur sovrinni 6 marotaba qo‘lga kiritdi.
APLda fevral oyining eng yaxshi murabbiyi nomiga quyidagi mutaxassislar ham da’vogarlik qilgandi:
- Ole-Gunnar Sulsher (“Manchester Yunayted”) — 4 ta o‘yin, 3 ta g‘alaba va 1 ta durang
- Unai Emeri (“Arsenal”) — 4 ta o‘yin, 3 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)