Hindiston qiruvchi samolyoti MiG-21 8-mart kuni mamlakat shimoli-g‘arbidagi Rajastxan shtatida halokatga uchradi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Hodisa Bikaner shahri yaqinida yuz berdi. Qiruvchi samolyot harbiy-havo kuchlari bazasidan parvoz qilgandan so‘ng dvigatel bilan bog‘liq nosozlik yuzaga kelgan. Uchuvchi katapulta qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot havoda qush bilan to‘qnashib ketgan, shundan keyin yerga qulagan.
Avariya mashq parvozi davomida yuz berganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)