Korrupsiya uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Li Myon Bak 6-mart kuni garov evaziga qamoqdan ozod qilindi, deya xabar beradi “TASS”.
Ushbu qarorning asosiy sabablaridan biri bu bir yil umrini qamoqda o‘tkazgan sobiq prezidentning salomatligi yomonlashganidir.
2008-yildan 2013-yilgacha mamlakat prezidenti bo‘lib ishlagan Li Myon Bakning hibsga olinishi yuzasidan qaror 2018-yilning 22-mart kuni chiqarilgan. Aprel oyining boshlarida Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni poraxo‘rlik, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, hokimiyat va mablag‘larni suiiste’mol qilish hamda saylov qonunchiligini buzganlikda ayblab, 20 yilga ozodlikdan mahrum etgan.
Tergov shuningdek Li Myon Bakning maxfiy operatsiyalarni moliyalash uchun mo‘ljallangan Milliy razvedka xizmatining mablag‘larini (10,3 million dollargacha) noqonuniy o‘zlashtirgan bo‘lishi mumkinligini qayd etgan.
Izoh (0)