AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi yangi keng ko‘lamli tergov doirasida Kongress tadbirkor Yevgeniy Prigojin, Vladimir Putin va rossiyalik milliarder Viktor Vekselberg bilan bog‘liq kompaniyadan hujjat so‘radi, deya xabar beradi “BBC.news”.
Tramp korrupsiya va hokimiyatni suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda. Shu bilan birga, Demokrat kongressmenlar Oq Uydan Trampning Putin bilan muzokaralari haqida ma’lumot berishini talab qilgan.
Trampga nisbatan yangi tergov Demokrat Gerrold Nadler boshchiligidagi huquqiy qo‘mita tomonidan olib boriladi.
Tramp hokimiyatni suiiste’mol qilish, korrupsiya va adolatni buzishda gumon qilinmoqda.
Dushanba kuni parlament tekshiruvi doirasida jami 80 dan ortiq tashkilot va shaxslarga so‘rov yuborilgan.
Ushbu so‘rovlar shuningdek Oq Uy ma’muriyatiga ham yo‘naltirilgan.
Izoh (0)