6-mart, chorshanba kuni Rimning “Roma” jamoasi Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finalining mehmonda kechgan javob uchrashuvida “Portu”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqa bilan xayrlashdi.
Bellashuvning 26-daqiqasida “Portu” a’zosi Fransisko Soaresh hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 11 daqiqa o‘tib Daniyele de Rossi penaltidan gol urib hisobni tenglashtirdi (1:1). 52-daqiqaga kelib esa Portugaliya klubi hujumchisi Mussa Marega jamoasini oldinga olib chiqdi (2:1).
Qo‘shimcha bo‘limning 117-daqiqasida mezbon jamao a’zosi Aleks Telles penaltidan “Roma” darvozasiga gol uib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa “Roma” safarda kechgan ketma-ket 31 ta o‘yinda o‘z darvozasidan kamida 1 ta gol o‘tkazib yuborgan Yevropa Chempionlar Ligasi tarixidagi birinchi klub bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)