AQSh prezidenti Donald Tramp favqulodda holat e’lon qilgach, bir oy ichida Meksikadan AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tayotganda qo‘lga tushgan oilalar soni 50 foizga oshdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Milliy xavfsizlik agentligining xabar berishicha, jami 36 ming kishi hibsga olingan. Bu esa AQSh tarixida misli ko‘rilmagan rekord daraja bo‘lgan. Oxirgi oylarda cheklov patruliga yuzlab migrantlardan tashkil topgan 70 dan ortiq guruh tushgan.
Cheklov xizmati noqonuniy guruhlarni rasmiylashtirish va ko‘chirib o‘tkazishiga ko‘p vaqt ketmoqda. Bundan giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanuvchi kontrabandachilar foydalanmoqda. Cheklov xizmati xodimlari chalg‘ib qolishi bilan kontrabandachilar chegaradan noqonuniy yukni olib o‘tib ketmoqda.
“Biz xavfli tendensiyalar bilan yuzlashyapmiz”, — deydi AQSh bojxona xizmati boshlig‘i Kevin Makalenan.
Izoh (0)