Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev uch yo‘nalish bo‘yicha sobiq jahon chempioni, qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinga (38 ta g‘alaba, 1 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat) ustozlik qilib kelayotgan Abel Sanches bilan birga ishlashni istamoqda. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Oldinroq Shohjahon Ergashev uzoq yillar davomida Menni Pakyaoga (61 ta g‘alaba, 7 ta durang, 2 ta mag‘lubiyat) ustozlik qilgan Freddi Rouch qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.
“Freddi Rouch ajoyib murabbiy. U buyuk chempionlarni tarbiyalagan, ammo menda boshqa rejalar ham bor. To‘g‘risini aytsam, AQShga qaytgach, Gennadiy Golovkinga ustozlik qiladigan Abel Sanchesning oldiga bormoqchiman. Abel Sanches ko‘proq mening uslubimga mos tushadi.Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev 15-fevral kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida amerikalik Maykal Foksni (19 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat) ochkolar evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi. WBA’ning yangilangan reytingida u 4-o‘rinda bormoqda.Menda ham xuddi Golovkinda bo‘lgani kabi zarba kuchli. Sanches asosiy e’tiborini kuchli zarbalarga qaratadigan bokschilar bilan yaxshi ishlaydi. Shu boisdan ham u bilan ishlashni maqsad qilganman”, — deydi Ergashev.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Shohjahonga Toshkent shahridan uy sovg‘a qilindi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)