Daryo

Shohjahon Ergashev Maykl Foksni mag‘lub etib, IBF International kamarini qo‘lga kiritdi

Ergashev yana g‘alaba qozondi

1 daqiqa o‘qish143 582 ko‘rishlar0 izoh0

15-fevral kuni (16-fevral Toshkent vaqti bilan 09:00) professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (15 ta jang, 15 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Foto: Showtime

Unda Shohjahon amerikalik bokschi Maykl Foksga (19 ta jang, 19 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tarildi. Jang AQShning Kanzas shtatidagi “Kanzas Star” arenasida o‘tkazildi.

IBF International chempionlik kamari uchun kechgan 10 raunddan iborat mazkur jangda o‘zbekistonlik bokschi ochkolar bo‘yicha amerikalik bokschini mag‘lub etdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar