5-mart, seshanba kuni “Ayaks” Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finali javob o‘yinida “Real” mehmoni bo‘lib, musobaqaning amaldagi g‘olibini 4:1 hisobida taslim qildi.
Amsterdam klubi 23 yil ichida ilk bor musobaqaning safar o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozondi. “Ayaks” so‘nggi bor 1996-yil aprelida Afinada “Panatinaikos”ni 3:0 hisobida yutgandi.
Shuningdek, “Ayaks” joriy mavsumda ketma-ket 4 ta o‘yinda g‘alaba qozondi. Klub bu uchrashuvlarda 17 ta gol urib, atigi 2 ta gol o‘tkazib yubordi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)