AQShning Oregon shtati fuqarosi mashinasi bilan qorda qolgach, salsa sousi bilan bir necha kun jon saqladi. Bu haqda CNN xabar berdi.
24-fevral, yakshanba kuni Jeremi Teylor Ellay laqabli iti bilan AYoQShga kelgan. Yo‘lga boshqa mashina uni turtib, qor uyumiga kirgizib yuborgan. U yerdan chiqolmagach, haydovchi dushanbagacha kutishga qaror qilgan.
U uxlab yotganda, mashina butunlay qorga ko‘milib qolgan edi. Teylor eshikni zo‘rg‘a ochib, tashqariga chiqqan, lekin qalin qor tufayli keta olmay ortiga qaytgan. Vaqti-vaqti bilan u isinish uchun motorni yoqib qo‘ygan va mashinada topilgan salsani (meksikancha pomidor va qizil qalampir sousi) yegan.
27-fevral, chorshanba kuni Teylor qidiruvga berilgan. Juma kuni yo‘lovchi mashina qorga botgan mashinani ko‘rib qolgan va favqulodda xizmatga qo‘ng‘iroq qilgan. Voqea joyiga qor tozalovchi maxsus mashina yuborilib, Teylorning mashinasi qordan kavlab chiqarilgan.
Besh kun qor tagida qolgan kishi va itning qorni juda ochgan. Lekin boshqa hech qanday jarohat olmagan. Politsiyachilar ularni Teylorning qarindoshlari va do‘stlarining yonigacha kuzatib qo‘ygan.
Izoh (0)