Amerika Qo‘shma Shtatlari Janubiy Koreya bilan birgalikda ikkita keng miqyosli o‘quv mashqlarni bajarishdan bosh tortdi, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
Bundan maqsad iqtisod qilish, — deb yozadi Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Uning ta’kidlashicha, bu pozitsiya unda prezident bo‘lishidan oldin ham bo‘lgan. Bundan tashqari, mazkur qaror Shimoliy Koreya bilan keskin munosabatlarni kamaytirishda ham qo‘l keladi.
Kuni kecha Pentagon Seul bilan yillik qo‘shma mashqlarni to‘xtatganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)