• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Paxtachida forma kiymagan o‘quvchining talog‘ini yorib qo‘ygan o‘qituvchi maktabdan haydaldi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi

    23-fevral kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumani 2-umumta’lim maktabining Yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash fani o‘qituvchisi D.B maktabning 11-sinf o‘quvchisi J.X.ni urib tan jarohati yetkazganligi natijasida J.X.ning talog‘i yorilib ketganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

    Paxtachi tumani.

    Paxtachi tumani.
    Foto: Google Maps

    Sodir bo‘lgan holat yuzasidan “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev jurnalistik surishtiruv olib bordi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Paxtachi tumanidagi 2-umumta’lim maktabida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida sinflar kesimida sayohat aksiyasi tashkil qilingan. Ushbu aksiya shartlariga ko‘ra, davomat, tartib-intizom, bilim va maktab formasini yaxshi tashkil qilgan sinf 1-mart kuni Buxoro shahriga sayohatga borishi belgilangan. Aksiyada maktabning 11-sinfi yetarlicha ballni to‘plab, Buxoro shahriga borish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

    23-fevral kuni S.M. 11-sinflarga matematika fanidan dars o‘tayotganda maktabning YoChT fani o‘qituvchisi, 1991-yilda Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tug‘ilgan, oliy ma’lumotli D.B. hamda maktabning yoshlar yetakchisi, 1995-yilda Navoiy viloyatining Nurota tumanida tug‘ilgan, oliy ma’lumotli A.G‘. o‘quvchilarning formasini ko‘zdan kechirish maqsadida reyd o‘tkazgan.

    Yoshlar ittifoqining Paxtachi tuman kengashi raisi Shahob Halilovning ma’lum qilishicha, o‘sha kuni 11-sinf o‘quvchisi J.X. maktabga sport kiyimida kelgan. Reyd tashkilotchilari tomonidan unga tushuntirish ishlari olib borilgan. Tushuntirish ishlari olib borish jarayonida o‘zaro janjallashishi natijasida YoChT fani o‘qituvchisi D.B. J.X.ning qorin qismiga urgan.

    – Maktabda yoshlar yetakchi o‘quvchilarning davomati, o‘quv formasi va tartibi yaxshi bo‘lsa, Buxoroga borish aksiyasini tashkil qilgan. Yoshlar yetakchisi bilan birgalikda YoChT o‘qituvchisi ham 11-sinfga kirgan. O‘sha kuni jabrlanuvchi formada bo‘lmagan. Qolaversa, o‘qituvchiga gap qaytargan. Natijada YoChT o‘qituvchisi D.B va J.X o‘zaro janjallashib qolgan, – deydi Shahob Halilov. — O‘qituvchi o‘quvchini tartibga solish maqsadida urgan. Voqeani to‘liq o‘rgandik. Maktabning yoshlar yetakchisi A.G‘. o‘quvchini urmaganligi oydinlashdi.

    Voqea sodir bo‘lgan kuni, ya’ni 23-fevral kuni kechga yaqin J.X. sog‘lig‘idan shikoyat qilib, tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan. Shifokorlarning tibbiy xulosasiga ko‘ra, J.X.ning taloq a’zosi yorilganligi aniqlangan. 24-fevral kuni unga shoshilinch jarrohlik yordami ko‘rsatilgan.

    Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Eldor Muhammadiyevning ma’lum qilishicha, Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasining malakali mutaxassislari tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilgan jarrohlik amaliyoti natijasida J.X.ning salomatligi yaxshilangan.

    – Tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan J.X.ni shifokorlar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazgan. Tekshiruv xulosalariga ko‘ra, uning taloq a’zosi yorilganligi aniqlangan. Unga tibbiyot birlashmasining mutaxassislari tomonidan tezda shoshilinch jarrohlik yordami ko‘rsatilgan, – deydi Eldor Muhammadiyev. – Ayni paytda hech qanday asorati qolmagan. Tekshiruv jarayonida bolaning o‘pkasi ozgina shamollaganligi aniqlandi. Ayni paytda bu borada ham aniq tashxislar asosida davolash ishlari olib borilmoqda. Qolaversa, bemor Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand filialining sanitar aviatsiya xizmati mutaxassisi Azim Ulug‘murodov tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, operatsiya standart asosida olib borilganligi aytilgan. Hozirda J.X. bosh shifokor nazoratida.

    Paxtachi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Vali Mardonovning aytishicha, 2-umumta’lim maktabidagi holat to‘liq o‘rganib chiqilib YoChT fan o‘qituvchisi D.B. hamda yoshlar yetakchisi A.G‘. vazifasidan ozod etilgan.

    Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Shirin Normatovaning ma’lum qilishicha, 23-fevral kuni sodir bo‘lgan voqea o‘sha kunning o‘zida Paxtachi tuman IIBning navbatchilik qismida ro‘yxatdan o‘tkazilib, IIB nazoratiga olingan. Holat yuzasidan olib borilgan tergov-surishtiruv natijalari ko‘ra, 1-mart kuni D.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxsga uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. Ichki ishlar vazirligi axborotiga ko‘ra, D.B. ushlangan.

    02.03.2019, 21:37   Izoh (0)   74467
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Innovatsiya vazirligi: 2019-yilda O‘zbekistonda 428 ta ilmiy anjuman o‘tkaziladi

    02.03.2019, 21:32

    O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida yangi markaz tashkil etildi

    02.03.2019, 21:11

    O‘zbekistonga Rossiyada pnevmatik qurol olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi

    02.03.2019, 20:52

    Sirdaryodagi omborxonada yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

    02.03.2019, 20:31

    O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun haq to‘lash tizimiga o‘zgarishlar kiritildi

    02.03.2019, 20:10

    O‘zbekiston harbiylari Ugom-Chotqol tog‘ tizmasida murakkab mashqlarni bajardi (foto va video)

    02.03.2019, 16:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron AQSH bilan muzokaralarni qayta boshlash shartini aytdi

    Dunyo | 1 iyul, 19:30

    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

    Reklama | 1 iyul, 19:30

    “O‘rikzor” bozorida “svet” o‘chirilib, odamlar kiritilmayotgani yuzasidan izoh berildi (video)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:20

    Gollivud yulduzlarining kino olamida shuhrat qozonayotgan farzandlari

    Kino | 1 iyul, 19:10

    Palov pishirish qanchaga tushadi? O‘zbekistondagi eng arzon va qimmat hududlar

    O‘zbekiston | 1 iyul, 18:47

    Falastin tinchlikka erishish uchun AQSH va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik qilmoqda

    Dunyo | 1 iyul, 18:35

    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi

    Reklama | 1 iyul, 18:00

    Buxorodagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni ayovsiz kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 18:20

    Tailand Konstitutsiyaviy sudi mamlakat bosh vazirini vaqtincha lavozimidan chetlatdi

    Dunyo | 1 iyul, 18:10

    O‘lim bilan yuzma-yuz: og‘ir kasalliklarni yengib, hayotga qaytgan Gollivud yulduzlari

    Kino | 1 iyul, 18:01

    Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Eron yadroviy obyektlarida ishlar davom etayotganini ko‘rsatdi (foto)

    Dunyo | 1 iyul, 17:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.