Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan yo‘lovchi poyezdlaridagi pnevmatik qurollar va zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Moskva—Toshkent” yo‘lovchi poyezdida fuqaro Yu.S.ning yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, ushbu shaxs vagon to‘shagiga o‘rab yashirgan holda 7 xil turdagi pnevmatik qurollarning 446 dona qismlarini O‘zbekistonga olib kirishga uringanligi aniqlandi.
Shuningdek, fuqaro S.X. esa qiymati 112 million so‘mdan ko‘proq 173 grammdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda O‘zbekiston hududiga olib kelayotgan vaqtida bojxonachilar tomonidan to‘xtatib qolindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)