Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashagan Sh.M.ning uyi hovlisida joylashgan omborxonasida 28-fevral kuni yong‘in sodir bo‘lgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Yong‘in oqibatida omborxonaning 30 kvadrat metr maydonida ichki va tom qismlari yonib zarar ko‘rgan. Yong‘in o‘chirish vaqtida Sh.M.ning jasadi topilgan.
Yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)