• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Donald Tramp va Kim Chen In o‘rtasidagi do‘stlik qancha davom etadi? Shimoliy Koreyani ayollar boshqaryaptimi? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” tugayotgan haftada jahon matbuotida eng ko‘p muhokama qilingan mavzularni esga olib o‘tadi.

    Ukraina: xalqparvar prezident aslida kim?

    Financial Times nashri “Ukrainadagi prezident saylovining asosiy muammosi prezidentlarning o‘zi” degan maqola chop etdi.

    Yuliya Timoshenko, Vladimir Zelenskiy, Pyotr Poroshenko. Foto: Google Photos

    Yuliya Timoshenko, Vladimir Zelenskiy, Pyotr Poroshenko. Foto: Google Photos

    Ukrainaliklar 2014-yilgi Maydon voqealaridan so‘ng siyosatchilarga ishonmay qo‘ygan. Sababi, yuqori hokimiyat organlaridagi korrupsiya, ukrain oligarxlarining hokimiyatga ta’siri mamlakatda oddiy xalqning ishonchini yo‘qotgan. Ustiga ustak, 5 yildan buyon Ukraina sharqida davom etayotgan ayirmachilik harakati hamda ayirmachilarning Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi muammolarini hal qila olmayotgan siyosiy doiralar ukrain xalqining ishonchiga sazovor emas. Oddiy xalq shu sabab “Biz kuchli davlatga qarshi kurashmoqdamiz” deb hisoblaydi.

    Maqolada, shuningdek, kuchli raqibga qarshi turayotgan Ukraina olqishlanadi. Xususan, “kuchli davlat Ukrainaning davlatchiligiga raxna solayotgan bir vaziyatda Ukrainaning qarshi turishi e’tirofga sazovordir”, deyiladi.

    Ukrainadagi prezidentlik poygasida qatnashayotgan uch nomzod xalqni xavotirga soldi. Pyotr Poroshenko, shokolad ishlab chiqarishi biznesi ortidan milliardlarini ishlab olgan siyosatchi. Yuliya Timoshenko, populist va sobiq bosh vazir, prezident Viktor Yanukovich davrida ozodlikdan mahrum qilingan siyosatchi. Vladimir Zelenskiy, siyosiy tajribaga ega bo‘lmagan hajvchi va aktyor.

    Bu uch nomzod mamlakat kelajagini belgilashda oligarxlarning oshkora va yashirin ishtirokiga barham beradi degan ishonch yo‘q.

    Ukraina 2014-yil voqealaridan so‘ng AQSh va Yevropa Ittifoqi yordamida bir qator yutuqlarga erishdi. Yutuqlar sirasiga Yevropa Ittifoqi bilan erkin savdo shartnomasini kiritish mumkin.

    Financial Times ayni paytda hukumatni boshqarish lavozimiga kim kelishidan qat’iy nazar Ukrainani Yevropa Ittifoqi bilan aloqalari yanada yaxshi bo‘lishi uchun xizmat qilishi kerak deb maqolani yakunlaydi.

    Donald Tramp va Kim Chen In do‘stligi ortida nima yashirin?

    The Guardian nashri, maqtanchoqlik asosiga qurilgan diplomatiya hech qaysi tarafga foyda keltirmasligi haqida yozar ekan, Xanoyda o‘tgan AQSh va Shimoliy Koreya uchrashuvi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaganini xabar qiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kameralar qarshisida tabassum va hayratlarini bekita olmagan Donald Tramp va Kim Chen In Xanoy sammitidan hech narsaga erisha olmadi. Bir yil oldin Singapur sammitida uchrashgan ikki qutbga mansub rahbarlar hattoki “bir-birlarini yoqtirib qolishgani-yu, Shimoliy Koreya ortiq dunyoga xavf solmasligi” haqida ma’lumotlar ham tarqalgan edi.

    Shimoliy Koreya tarafi o‘ziga qo‘yilgan iqtisodiy jazo choralarining olib tashlanishini istaydi. AQSh tomoni bo‘lsa, xususan Donald Trampning diplomatik g‘alabasi tarix sahifalariga zarhal harflar bilan yozib qo‘yishini xohlaydi.

    Shimoliy Koreya yarim orolni yadrosiz hududga aylantirishga rozi, ammo bunday siyosatga bir taraflama qo‘l urishni istamaydi.

    Xanoydagi sammit oldidan o‘tkazilgan uchrashuvda Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvi “fantastik g‘alaba” bilan yakunlanishini va’da qilgandi. Voqealar rivoji Tramp kutganidek bo‘lib chiqmagach, AQSh rahbari Kim Chen In Shimoliy Koreyaga qaratilgan iqtisodiy jazo choralarini batamom bekor qilinishini istamoqda, ammo bu birgina mening vakolatimda emas, deb ta’kidlagan.

    O‘z navbatida, Shimoliy Koreya rahbari iqtisodiy jazo choralarining yumshatilishini xohlashini aytgan.

    Katta ehtimol bilan aytish mumkinki, AQSh va KXDR o‘rtasidagi uchrashuvlar qisqaradi va Donald Trampning Shimoliy Koreyaga nisbatan siyosati Obama davridagi “strategik bag‘rikenglik” siyosati darajasigacha tushishi mumkin.

    Nashr tavsiyasiga ko‘ra, AQSh Shimoliy Koreyadan yadro dasturidan butunlay voz kechishni emas, aksincha, vaqtincha muzlatib qo‘yishni so‘rashi dono siyosat bo‘lgan bo‘lar edi.

    Diktator va ayollar

    Germaniyada chop etiladigan Süddeutsche Zeitung nashri yozishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga uning atrofidagi ayollar ta’siri kattadir.

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In rafiqasi Li Sol Chju bilan. Foto: Google Photos

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In rafiqasi Li Sol Chju bilan. Foto: Google Photos

    Kim Chen In Vyetnamdagi uchrashuvga singlisi Kim Yo Chjon, turmush o‘rtog‘i Li Sol Chju va xonanda Xyon Son Vol bilan birgalikda keldi.

    Kim Chen Inning singlisi 4 yildan beri Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi agitasiya va propaganda bo‘limiga rahbarlik qilib keladi. Kimning chiqishlari paytida singlisi hamisha uning yonida bo‘ladi. Hujjatlarga qo‘l qo‘yish kerak bo‘lgan paytda singlisi hujjat sahifalarini varaqlab turadi, ruchka uzatadi, har taraflama yordam beradi. Kim Yo Chjon davlat rahbarining imijini saqlab turishda asosiy rol o‘ynaydi. Singlisi Kim Chen In chiqishlarining soyadagi rahbaridir.

    Kimning rafiqasi Li Sol Chju bilan zamonaviy yosh oila obrazida namoyon bo‘ladi. Li ko‘proq g‘arbona yorqin rangdagi kiyimlarda va Chanel brendiga tegishli sumkachasi bilan ko‘rinish beradi. Shimoliy Koreya elitasi uchun Li xonim ayollarning yangi qiyofasi sifatida namoyon bo‘ladi. Li xonim, koreys udumlari talab etganiday, eri hamrohligida kamdan kam ko‘rinadi. Ekspertlarning nazarida, uning ham eriga ta’siri ancha katta. Qaynisinglisi kelinidan “namunali birinchi xonim” yasab olgan.

    Xonanda Xyon Vol Son ham katta ta’sirga ega. U go‘zal Koreyani ifoda etadi. Bir necha yil avval OAV xonandani intim mojarolarda ayblagan ham edi. Janubiy Koreya nashrlari hattoki uning qatl etilganligi borasidagi xabarlarni ham tarqatishgan edi. 2018-yilgi Olimpiada vaqtida u hech kutilmaganda ikki koreys mamlakatining yaqinlashtiruvchi asosiy namoyandalaridan biri sifatida paydo bo‘ldi.

    Süddeutsche Zeitung nashri, Shimoliy Koreyaning nufuzli ayollariga to‘xtalar ekan, avvalo KXDRga xavf tug‘diruvchi mamlakat sifatida emas, aksincha, ijobiy obraz yaratishga ayollar yordam bermoqda, deb maqolani yakunlaydi.

    Televizor ko‘rish xotirani pasaytiradimi?

    Daily Mail nashrining xabar berishicha, uzoq vaqt mobaynida televizor ko‘rish o‘rta yoshlilarni xotira pasayishi kasalligiga duchor qiladi.

    50 yoshdan oshganlar, agarda kuniga 3,5 soatdan ko‘proq televizor ko‘rsa, televizor ko‘rmaydigan tengqurlariga nisbatan tez xotira yo‘qotish kasalligiga chalinadi.

    London universitet kolleji olimlari 6 yil mobaynida olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra, televizorni 3,5 soatdan ko‘proq tomosha qiladiganlar xotirasining 10 foizini yo‘qotgan, kamroq ko‘radiganlarda bu raqam 5 foizni tashkil etgan.

    Televizor ko‘rish vaqtni nofaol tarzda o‘tkazish hisoblanadi va inson miyasining yetarli darajada ishlashiga imkon bermaydi.

    Professor Endryu Steptou rahbarligida olib borilgan tadqiqotda 50 yoshdan oshgan ko‘ngillilardan qancha vaqt mobaynida televizor ko‘rishi so‘ralgan. Shundan so‘ng ularning xotirasi tekshirib ko‘rilgan. Ko‘ngillilarga 10 so‘zdan iborat ro‘yxat berilgan va ularni darhol aytib berish so‘ralgan.

    Keyingi bir necha daqiqa davomida ularga bir qancha boshqa topshiriqlar berilgan va shundan so‘ng dastlabki mashqda berilgan so‘zlarni aytish so‘ralgan.

    Aynan shunday tajriba yana o‘sha ko‘ngillilar bilan olti yildan so‘ng yana bir bor o‘tkazilgan.

    Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, divanda ko‘p o‘tirib vaqt o‘tkazadiganlarda xotira bilan bog‘liq muammolar qayd etildi. Tadqiqotning muhim joyi shundaki, televizor ko‘rib vaqt o‘tkazganlarda xotirani yo‘qotish ikki barobar tez ro‘y berishi aniqlandi.

    02.03.2019, 18:05   Izoh (0)   31960
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tramp amerikalik talabaning o‘limi uchun Shimoliy Koreya javobgar ekanini tan oldi

    02.03.2019, 17:53

    Kreml Baring Vostok jamg‘armasi oppozitsiyani moliyalashtirganini taxmin qilmoqda

    02.03.2019, 13:50

    Maduro Venesuela neft kompaniyasining Yevropadagi ofisini Moskvaga ko‘chirishga ko‘rsatma berdi

    02.03.2019, 13:30

    Tramp Xitoyni AQSh mahsulotlariga boj to‘lovini bekor qilishga chaqirdi

    02.03.2019, 12:25

    Floridada samolyot ko‘p qavatli uyga borib urildi

    02.03.2019, 11:47

    Kanadada Huawei moliyaviy direktorini ekstraditsiya qilish jarayoni boshlandi

    02.03.2019, 10:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH birinchi xonimi Putinga maktub yo‘lladi

    Dunyo | 17 avgust, 14:15

    Toshkent ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalarni chuv tushiruvchi firibgarlar paydo bo‘ldi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 13:40

    “Netanyaxuning o‘zi muammoga aylangan” — Daniya bosh vaziri

    Dunyo | 17 avgust, 13:05

    Heytga uchragan Kerem Bursin, Pokizaning g‘alati hobbisi, Hande Erchelning nikoh marosimi — Turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 17 avgust, 12:35

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 12:10

    Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 11:37

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.