“O‘zbekkino” MA buyurtmasi bilan rejissor Akrom Shaxnazarov hamda prodyusser Ravshan Norbayev tomonidan suratga olinayotgan “101-reys” filmining suratga olish ishlari davom etmoqda.
Film prodyusseri Ravshan Norbayev “101-reys” filmining suratga olish ishlari bir muddat to‘xtab turgani sababiga oydinlik kiritdi. Bu haqda Ravshan Norbayev jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida gapirib berdi.
‘101-reys’ filmining suratga olish ishlari to‘xtagani yo‘q. Shunchaki filmda strategik obyektlarning ko‘pligi uchun tashkilotlardan uzoq vaqt ruxsat kutishga to‘g‘ri keldi. Filmda tabiiylikka e’tibor qaratganmiz. Misol uchun qurol-yarog‘lardan tortib, vertolyot va zirhli mashinalargacha tabiiy bo‘lishini boshidan rejalashtirganmiz. Ayni kunlarda filmning eng murakkab epizodlarini suratga olishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz.Ma’lumot uchun, “101-reys” badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi.Ravshan Norbayev, “101-reys” filmi prodyusseri
Film postanovkachi rejissor — Akrom Shaxnazarov, bosh prodyusser — Ravshan Norbayev hamda Erkin A’zam badiiy rahbarligida suratga olinmoqda.
Izoh (0)