Aktrisa Nargiza Salmonova turkiyalik Emrah Sayan ismli yigit bilan turmush qurgani haqida xabar berilgan edi.
Nargiza va Emrahning musulmoncha to‘ylari biroz avval bo‘lib o‘tgandi. Ularning zamonaviy nikoh oqshomi Istanbul shahrida, villada bo‘lib o‘tdi. To‘yda juftlikning yaqinlari va oila a’zolari ishtirok etdi.
“To‘yim kemada bo‘lishini orzu qilardim, orzum ushaldi. Bu orzumni taqdirimga bitgani uchun Allohimga hamd-u sanolar bo‘lsin!”, — deb yozdi aktrisa Instagram’dagi sahifasida.
Izoh (0)