• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qonun bo‘yicha 20 yoshdan kichiklarga sigaret sotilmasligi kerak. Sotuvchilar qonunga amal qilmoqdami?

    “Zarafshon” gazetasida jurnalist Xurshida Ernazarovaning yosh bolalarga tamaki mahsulotlarini sotayotgan sotuvchilar haqidagi maqolasi chop etildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: “Zarnews”

    Foto: “Zarnews”

    O‘g‘limni do‘konga chiqargandim. Sotuvchi qaytimiga bir dona sigaret beribdi.

    -Menga sigaret kerak emas, chekmayman, - debdi u.

    U kelib voqeani aytib berdi. Men o‘g‘limdan:

    - Do‘kon egasi sendan yoshingni, pasportingni so‘radimi? - dedim.

    - Yo‘q, so‘ramadi, - dedi u.

    - Sen hali o‘n olti yoshda bo‘lsang, qanday qilib senga sigaret sotishi mumkin?

    U yelkasini qisib, xonasiga kirib ketdi. Sotuvchi bilmagan qonun-qoidani o‘g‘lim qayerdan ham bilsin, deya beixtiyor o‘yga toldim. Nahotki, mamlakatimizda tamaki mahsulotlarini sotishning qonun-qoidasi bo‘lmasa! Maqola yozishimga ushbu voqea sabab bo‘ldi.

    Kashandalikka qarshi kurashyapmizmi?

    Shundan so‘ng do‘konlarda tamaki mahsulotlarining savdosiga e’tibor bera boshladim. Ajabo, yaqinda xorijdan kelganim uchun yurtimizdagi tamaki mahsulotlarining savdo rastalarida ochiq-oydin sotilayotgani menga g‘alati tuyuldi. Sababi, sigaretni bekatlardagi mayda do‘konlardan tortib, katta supermarketlargacha topish mumkin ekan. Yanayam achinarlisi, tamaki mahsulotlari odam gavjum joylarda, bozorlar atrofida ochiq-oydin ko‘chada sotilayapti. Kichikroq stol ustida turli sigaret qutilari ochib qo‘yilgan. Istasangiz donalab, istasangiz qutisi bilan olavering.

    Butun dunyo ahli kashandalik bilan kurashayotgan bir paytda bizdagi tamaki mahsulotlarining erkin savdosi kishini o‘yga toldiradi, albatta. Demak, mamlakatimizda kashandalikka qarshi kurashilmayotgan ekan-da, degan tabiiy savol tug‘iladi.

    Shu o‘rinda tamaki mahsulotlarining savdosini Rossiya Federatsiyasi misolida keltirib o‘tay. Ushbu davlatda sigaret faqat supermarketlarda va tamaki mahsulotlari sotish huquqiga ega bo‘lgan magazinlarda yopiq holda sotiladi. Sababi, tamaki mahsulotlariga voyaga yetmagan bolalarning ko‘zi tushmasligi lozim. Kichik do‘konlarda, bekatlarda, odamlar gavjum joylarda ochiq-oydin sotish mumkin emas. Tamaki mahsulotlarini 18 yoshga to‘lgan fuqarolargina sotib olish huquqiga ega. Sotuvchi xaridordan yoshini tasdiqlovchi pasportini so‘rashi mumkin. Agar sotuvchi 18 yoshga to‘lmagan fuqaroga sigaret sotsa, katta jarimaga tortiladi. Bunday tartib-intizom boshqa davlatlarda ham mavjud ekan. Hatto ba’zi davlatlarda tamaki mahsulotlari savdosini qisqartirish muhokama etilmoqda.

    20 yoshdan kichiklarga sigaret sotilmasligi kerak. Amalda-chi?

    Xo‘sh, bizdagi tartib qanday? Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-iyundagi 199-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Unga ko‘ra, alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarini sotayotgan sotuvchi ko‘rinishi 20 yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa sotishni rad etishi shartligi haqidagi majburiyat kiritilgan. Biroq bu qonun-qoidaga hamma ham amal qilmayapti. Tamaki mahsulotlarini sotayotgan sotuvchilar xaridorning yoshini so‘ramasdan sigaret sotayotgan holatlar kuzatilmoqda. Yanayam achinarlisi, o‘quv dargohlarining shundoq oldida tamaki mahsulotlarining savdosi keng yo‘lga qo‘yilgani hech kimni tashvishga solmayapti. Masalan, Samarqand davlat universiteti fizika fakultetining shundoq yonida sotilayotgan sigaret mahsulotlari rasmdagi ko‘rinishda.

    Universitetning matematika fakulteti binosi oldida sotilayotgan tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilgan o‘quv qurollari ichiga joylashtirilgan. Rasmga e’tibor bersangiz, daftar, qog‘oz, ruchkalarning yonida sigaret qutilari ochib qo‘yilgan.

    Talabalarga bilim, ma’rifat, ma’naviyat va odob-ahloqdan dars beriladigan oliygohning rus filologiyasi fakulteti oldida ham turli rusumdagi sigaretlarni sotib olish mumkin. 

    Foto: “Zarnews”

    Foto: “Zarnews”

    “Sotuvchilarning hech biri yoshimni so‘ragani yo‘q”

    Biz yuqoridagi holatlarni faqat Universitet xiyoboni misolida keltirdik, xolos. Lekin shahrimizdagi boshqa oliy ta’lim muassasalari binolari oldida ham tamaki mahsulotlarining savdosi keng yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yonidagi bekatdagi savdo do‘konida ham o‘quv-qurollari bilan birga har xil markadagi sigaretlar sotilayotganiga guvoh bo‘ldik. Oliy ta’lim muassalarining birinchi va ikkinchi kurs talabalari 18 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil etishini hisobga olsak, ularga sigaret sotish umuman mumkin emas.

    O‘zini tanitishni istamagan talabalardan biri “Men har kuni shu yerdan sigaret sotib olaman. Yoshim o‘n to‘qqizda, sotuvchi mendan yoshimni tasdiqlovchi pasportimni so‘ragani yo‘q”, dedi.

    Ikkinchi talaba “Men istagan joyimdan sigaret sotib olib ketaveraman. Hali hech kim pasportimni so‘ragani yo‘q. Yoshim o‘n sakkizda”, deb javob berdi.

    Samarqand shahri bo‘ylab tamaki mahsulotlarining savdosini kuzatar ekanman, ayrimlar ko‘cha tomondagi uyining derazasiga sigaretlarni qator terib qo‘yib sotayotgan holatlarga ham duch keldim. Bunday holat tamaki mahsulotlari sotish qoidalariga to‘g‘ri keladimi? Hech kim ulardan litsenziya so‘ramaydimi? Umuman, mamlakatimizda tamaki mahsulotlari sotishning qonun-qoidasi bormi?

    Ota kashanda bo‘lsa, bola ham chekadimi?

    Shuni afsus bilan qayd etish kerakki, bugun dunyoda chekuvchilarning tobora “yosharib” borayotgani kuzatilmoqda. Masalan, rivojlangan davlatlarda odamlar 18 yoshdan, rivojlanayotgan mamlakatlarda 15, qoloq davlatlarda esa hatto 13 yoshdan boshlab chekishga ruju qo‘yishayapti. Kashandalar safiga har yili 80—100 ming nafar voyaga yetmaganlar kirib kelayotir. Ularning har o‘ntadan sakkiztasi kelgusida bu illatdan qutulolmayotgani e’tiborga olinsa, mazkur xavfning tobora global ahamiyat kasb etayotganini fahmlash qiyin emas.

    E’tibor berganmisiz, oilada ota chekishga ruju qo‘ysa, bolalar ham ulg‘aygach, otasiga taqlid qiladi. Ya’ni, otaning “odati”ni vaqti kelib bola davom ettiradi. Farzandining salomatligini o‘ylaydigan ota-ona oilada, avvalo, mana shu holga e’tibor berishi kerak. Shuningdek, ota-ona farzandi ulg‘aygach, endi katta bo‘ldi, deya nazoratsiz qoldirmasligi va keragidan ortiqcha pul bermasligi lozim.

    Tamaki mahsulotlarining savdo rastalari va do‘konlarda maxsus yopiq holdagi shkaflarsiz bolalar ko‘zidan yashirilmagan holda ochiq-oydin sotilayotgani, shuningdek, o‘quv dargohlari yaqinida ushbu savdoning yo‘lga qo‘yilgani va yigirma yoshga to‘lmagan o‘spirinlarning bemalol sigaret mahsulotlarini sotib olayotgani hali bu borada ancha ishlar qilinishi kerakligidan dalolatdir.

     

    01.03.2019, 13:33   Izoh (0)   28606
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda mulk solig‘i pasayishda davom etadi

    01.03.2019, 12:51

    Svetlana Ortiqova: “Qamoqxonalarda qiynoqlarga hamon yo‘l qo‘yilayotgani O‘zbekiston obro‘siga putur yetkazmoqda”

    01.03.2019, 12:25

    Farg‘onada MIB xodimiga 2000 dollar pora taklif qilgan gaz ta’minoti korxonasi xodimi qo‘lga olindi

    01.03.2019, 12:10

    Sirdaryoda 7 million so‘mni o‘zlashtirgan talonchi qo‘lga olindi

    01.03.2019, 11:43

    Qashqadaryoda fuqarodan 100 dollar pora olgan IIB xodimi 2,5 yilga qamaldi

    01.03.2019, 11:22

    Shavkat Mirziyoyev: Bahorning birinchi kunini Namanganda kutib olganimiz bejiz emas — bu uyg‘onishimiz kerakligidan dalolat

    01.03.2019, 11:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.