28-fevral kuni Moliya vazirining o‘rinbosari Dilshod Sultonov yil boshidan beri budjetga tushmayotgan daromadlar taxminan 10 trillion so‘m yoki 1,5 milliard dollarni tashkil etganini aytdi. Bu haqda Spot xabar berdi.
Uning aytishicha, bu yirik korxonalar uchun joriy etilgan soliqdagi o‘zgarishlar natijasi bo‘lib, shuningdek, amortizatsiya stavkalari o‘zgartirilgan, dividendlar va foizlar shaklidagi daromad solig‘i 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirilgan.
Vazirlik vakili hukumat ularni qanday qilib qoplamoqchi ekanligiga aniqlik kiritmagan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda daromadlar bo‘yicha eng kam 12 foizli soliq stavkasi mavjud ekanligini qayd etgan (avval 14 foizni tashkil etgan).
“Biz shuningdek mol-mulk solig‘ini Doing Business tavsiyalariga muvofiq kamaytirdik. U juda ko‘p — 5 foiz edi. Biz uni 2 foizga qisqartdik. Lekin bunda to‘xtab qolmasdan soliq stavkasini kamaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz”, — degan Dilshod Sultonov.
Biroq, o‘tgan yilning kuzida taqdim etilgan 2019-yilgi davlat budjeti loyihasiga ko‘ra, eng ko‘p daromadlarni qo‘shilgan qiymat solig‘i (40,7 trillion so‘m)dan olish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)