“O‘zbekneftgaz” va Amerikaning Air Products kompaniyasi texnik va noyob gazlarni ishlab chiqarish va tarqatish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Bu haqda “O‘zbekneftgaz” boshqaruv raisi Bahodirjon Sidiqov va Air Products ijrochi vitse-prezidenti Samir Serxan o‘rtasidagi muzokaralar davomida ma’lum bo‘ldi.
“Uchrashuvda texnik va noyob gazlarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonani tashkil etish shart-sharoitlari muhokama qilindi. Mazkur tashabbus Air Products kompaniyasi prezidenti Seyfi Gassemining o‘tgan yili O‘zbekistonga tashrifi davomida taklif etilgan edi. O‘tgan vaqt ichida tomonlar birgalikdagi marketing tadqiqotlarini o‘tkazdi hamda O‘zbekiston va tashqi bozorlarda texnik va noyob gazlarga bo‘lgan talablarni o‘rgandi”, — deya ta’kidlaydi “O‘zbekneftgaz”.
Tomonlar muzokaralar yakunlari bo‘yicha joriy yilning mart oyida QKni yaratish haqidagi kelishuvni imzolashga tayyorlashga kelishdi.
Izoh (0)