O‘zini Venesuelaning vaqtinchalik rahbari deb e’lon qilgan parlament spikeri Xuan Guaydo 4-mart kuni Karakasga qaytishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi “RBK”.
Guaydoning so‘zlariga ko‘ra, u va uning oila a’zolariga tahdid qilinmoqda, xususan qamoq jazosi bilan ham. Boshqa tafsilotlar berilmagan. 28-fevral kuni Guaydo Braziliyaga tashrif buyurgan va u yerda prezident Jair Bolsonaru bilan uchrashgan, juma kuni u Paragvayga borishni rejalashtirmoqda.
“Biz Venesuelada demokratiya tiklanishi bilan bog‘liq harakatlarimizni tan olgan mamlakatlar bilan demokratiyani tiklashda davom etamiz”, —deb yozadi Guaydo o‘z Twitter’ida.
Izoh (0)