24-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 23-turi doirasida 2 ta bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Kunning dastlabki o‘yinida “Ayntraxt F” safarda “Hannover” bilan bahsga kirishdi.
Uchrashuvda Ante Rebich (54), Luka Yovich (64), Filip Kostich (90) ning kiritgan gollari mehmon jamoaga g‘alaba keltirdi (3:0).
Navbatdagi uchrashuvda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Bayer Leverkuzen”ni sinovdan o‘tkazdi.
O‘yinning 30-daqiqasida Den Aksel Zagadu hisobni ochgan bo‘lsa, Kevin Folland hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan bir daqiqa o‘tib birinchi golga assistentlik qilgan Jeydon Sancho o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (2:1).
2-bo‘limning 60-daqiqasiga kelib Mario Gyotse jamoasining 3-goliga mualliflik qildi. 75-daqiqada esa mehmon jamoa a’zosi Jonatan Ta hisobni qisqartirdi (3:2).
Shu tariqa Lyusyen Favr shogirdlari qiyin kechgan o‘yinda “Bayer Leverkuzen” klubini kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (3:2) va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
23-tur bahslari
24-fevral, yakshanba
“Hannover”—“Ayntraxt F” 0:3
Gollar: 0:1 — 54 Rebich, 0:2 — 64 Yovich, 0:3 — 90 Kostich“Borussiya D”—“Bayer Leverkuzen” 3:2
Gollar: 1:0 — 30 Zagadu, 1:1 — 37 Folland, 2:1 — 38 Sancho, 3:1 — 60 Gyotse, 3:2 — 75 Jonatan Ta.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)