22-fevral kuni Sudan prezidenti Umar al-Bashir hukumatni tarqatib yubordi va mamlakatda bir yillik favqulodda holat joriy etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Mamlakat rahbari o‘tgan yilning dekabr oyidan beri davom etayotgan noroziliklar sababli shunday qaror qabul qilgan. Dastlab noroziliklar non narxining keskin ko‘tarilishi sababli mamlakat shimolida paydo bo‘lgan. Biroq keyinchalik namoyishchilar Al-Bashir hukmronligini to‘xtatishni talab qila boshlagan.
Al-Bashir Afrikada eng uzoq muddat davlat rahbari bo‘lib kelayotgan yetakchilardan biri. U Sudan prezidentligi lavozimini 1993-yilning oktabr oyidan beri egallab kelmoqda. 2010-yilda o‘tkazilgan oxirgi prezidentlik saylovlarida 68,24 foiz ovoz olgan.
Аvvalroq Sudan hukumati mamlakatdagi noroziliklar tarqalishini to‘xtatish maqsadida asosiy ijtimoiy tarmoqlarni bloklab qo‘ygan edi.
Izoh (0)