Hindiston shimoli-sharqida sifatsiz alkogoldan zaharlanish oqibatida kamida 50 kishi o‘ldi, yana shuncha odam jabrlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Politsiyaga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati tarkibida metanol bo‘lgan spirtli ichimliklarni iste’mol qilgan Assam shtatidagi choy plantatsiyalari ishchilaridan iborat.
Ushbu ichimliklarni tayyorlagan korxona egasi va yana 4 kishi qo‘lga olingani bildirilmoqda.
Izoh (0)