Los-Anjelsdan Londonga qarab yo‘lga chiqqan Britaniyaning Virgin Atlantic avikompaniyasi samolyoti kuchli havo oqimiga tushib qolib birdan ovoz tezligini oshirib yubordi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Boeing 787-9 Dreamliner samolyoti uchuvchisi Piter Jeyms o‘zinnig Twitter’dagi sahifasida 25 yillik faoliyati davomida hali biror marta bunday holatga tushmaganligini yozgan.
Kutilmaganda tezlikning oshib ketishi natijasida samolyot Londonga belgilangan vaqtdan 48 daqiqa vaqtli kelgan.
Izoh (0)