Suriyaning sharqidagi Deyr-Az-Zor provinsiyasida portlovchi moddalar o‘rnatilgan avtomobil portlashi oqibatida kamida o‘n besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Suriya demokratik kuchlari (SDF) nazoratidagi Al-Umar neft konining ishchilarini olib ketayotgan avtomobil ash-Shaxil qishlog‘idagi kasalxona yonida to‘xtagan edi.
Voqeadan bir soat oldin esa Afrinda mina o‘rnatilgan mashinada bir kishi halok bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, Suriya hukumati ushbu terrorchilik harakatlarida Suriya kurdlarining o‘z-o‘zini mudofaa qiluvchi kuchlaridan shubha qilmoqda. Ushbu tashkilot Anqarada terrorchilik tashkiloti deb hisoblanadi.
Ikki hafta oldin Xam provinsiyasida terrorchilar tomonidan qoldirilgan mina portlashida yetti nafar tinch aholi halok bo‘lgan edi. Fevralning boshida Manbijdagi o‘qituvchilarni olib ketayotgan mikroavtobusda mina portlagan edi. Natijada haydovchi halok bo‘lgan.
Izoh (0)