Odatdagidek, hafta o‘rtasida ham ijtimoiy tarmoqdagi eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan, mashhur postlarni o‘rtoqlashishni boshlamoqdamiz.
Seriallarga ishqibozlik necha yuz ming dollarga tushdi?
O‘zbek internet tarmog‘ida shu kunlardagi eng muhokamali mavzu, bu eski kasallik, shou-biznes mavzusi bo‘ldi. Toshkentga qaysidir sabab bilan kelgan turk aktyori Burak O‘zchivitning kelishidan ko‘ra boyvachcha xonimlar unga sarflagan bir necha yuz ming dollar ko‘proq bahs keltirib chiqardi. Buni eshitgan tarmoq foydalanuvchilaridan ayrimlari hayratga tushdi, ayrimlari isrofdan nafratlandi. U bilan suratga tushgan ayollar haqida salbiy fikrlar bildirdilar. Ulardan ayrimlarini keltiramiz.
Dima Qayum* * *Turk aktyori 400 ming dollarga yaqin pul ishlab olibdi bizdan…
Onkologik shifoxonadagi bolalar…
Yuragi porok bo‘lgan go‘daklar…
Nochor oilalar…
Beva-bechoralar…
Qariyalar…
Nogironlar…
Bor edi.
Uyalinglar!!!
Xurshid Habib* * *#choyichish
2002-yili Yaponiya va Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan keyin yapon qizlari guruh-guruh bo‘lib turk futbolchisi Ilxan Mansizni yoqtirib qolishgan va Mansiz Yaponiyaga bir necha marta “choy ichgani” borgan. Shu ma’noda “choy ichish” faqat bizning ayollarimizning kamchiligi emas. Yarashmagan tomoni o‘rtacha (toza) oylik 100–150 dollar atrofida bo‘lgan mamlakatda pulni maza-bemaza narsaga sarflanganidir. Undan ko‘ra shu pullar Dima Qayumning xayriya ishlarga berilsa yaxshi bo‘lmasmidi?
Uvoli tutsin.
Barno Sultanova* * *Hayotda puldan ham qimmat turadigan sotilmas, sotib olib bo‘lmaydigan narsalar bor. Bu or, bu g‘urur. Turk aktyori uchun to‘langan pul hisob-kitobini qilmoqchi emasman. O‘sha birgina reklama uchun turk aktyorini chaqirganimiz uchun uning oyog‘iga poyandoz bo‘lganimiz uchun hayratlanasan kishi. Or uchun tashlashmaymizmi, g‘urur uchun talashmaymizmi? Achinarlisi, qizlarning uni o‘rab olib suratga tushgani, yanayam xunugi, ovqat yeyotgan aktyorning peshonasiga borib olib talashib-tortishib suratga tushgani. Qancha surat ko‘rgan bo‘lsam, atrofida yosh-yosh qizlar. Faxr bilan suratga tushyapti. Eng odamni ijirg‘antiradigani, uni ovqat yeyishga ham qo‘ymayotgani, eng kulgilisi, aktyorning o‘zi xo‘rlangandek shumshayib o‘tirgani, turgani. Bu nima, bilasizmi? U hayratda, ayollarimizning yuzsizligidan, sirti madaniyatli ko‘ringani bilan, ichki madaniyati yo‘qligidan hayratda!!! Ba’zi ayollarning Turkiyada yomon nomi chiqib kelayotgani ham hech kimga sir emas. Buni ishsizlikka, pulsizlikka yo‘ymang. Inson g‘ururi, ori bilan hayvondan farq qiladi. Hamma och qolayotgan, pulsiz yashayotgan ayollar o‘zini sotaversa, andisha, hayo, ibo degan tushunchalarni lug‘atdan o‘chirib tashlashga to‘g‘ri keladi. Mana shu turk aktyorini chaqirib falon pulni beqadr qilib sochib tashlashimizning o‘zi bizda g‘urur, or yo‘qligidan darak. Suratlariga, videolariga qarasangiz, o‘zini juda noqulay his qilayotgani ko‘rinib turibdi. Agar salgina jilmaysa, quchog‘iga kirib ketishidan qo‘rqqandir sho‘rlik. Sizlar uchun, shunday ayollar borligi uchun u uyalib ketgandir. Shahrimiz chiroyli, mehmonxonalarimiz dahshatdir. Xizmat ko‘rsatishga gap yo‘q. Ovqatlari falon pul. Ammo aktyorni bir lahza ham tinch qo‘ymagan, ovqatining ustiga chiqib olgan qizlar, ayollar xuddi ibtidoiy jamoada yashayotgandek tasavvur uyg‘otadi odamda. Xuddi aktyor jungliga borib qolganu, qabiladagi odamlar chetdan kelgan sayyohlarga og‘zini ochib qarab qolgandek tasavvur uyg‘otadi odamda.
Troll Football UZ* * *Ma’lumot o‘rnida, jahonning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi Lionel Messi kuniga 296 400 yevro, undan keyingi o‘rindagi Krishtianu Ronaldu esa 24 soat ichida 167 850 yevro mablag‘ topadi.
Hamza Jumayev* * *Pulku mayli, xotin-qizlarimizning ori, g‘ururi ham Burakjon poyiga tushibdi... Hoy “erkak”! Xotining, opang, singling, qizingni yig‘ishtirolmasang, senga Vatanni ishonib bo‘lmaydi!
Shuhratbek SamoBurak Turkiyaga borgach, xotini Faxriyaga “O‘zbekistondan ne nozaninlar atrofimda girdikapalak bo‘lishdi, ammo men...”, desa ham ajab emas. Ammoning uyog‘ini yoza olmayman. Nima bo‘lgani menga qorong‘u. Agar Burak O‘zchivit odobli inson bo‘lsa, o‘zbek qizlarining bu qilig‘i haqida gapirmasa kerak. Ishqilib shunday bo‘lsin.
Muzaffar Abdurahimov* * *Bu kecha anovi Kemal bilan nonushta qilganlarning erlari o‘zlarin eng baxtli odam deb o‘ylashsa kerak, chunki xotinlari bugun ularni Kemalim deb chaqirishadi.
Muhammad Temur A’zam* * *Buroq otni boqish ancha qimmat ekaney.
Mavzuga doir eng original izohlar uchligi.
O‘qish ham pullik, imtihon ham pullik…
Keyingi mavzu normativ hujjatlar muhokamasiga qo‘yilgan test sinovlariga kiritilayotgan o‘zgarishlar loyihasiga nisbatan bildirilgan munosabatlar bo‘ldi. Loyihaga ko‘ra, qayta topshiruvchi abituriyentlardan eng kam ish haqi miqdorida badal puli to‘lanishi belgilanishi foydalanuvchilarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi.
Barno SultanovaUshbu post o‘quvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, buni u olgan like’lar, yozilgan izohlar va share’lar sonidan ko‘rishingiz mumkin.Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish 202 730 so‘m emish. Axir qishloqlardan yo‘lkirasiga zo‘rg‘a pul topib keladiganlar bor. Endi testlar shaffof bo‘lyapti deganimizda pul ishlashning yana bir qonuniy yo‘limi bu? Chet bilan solishtirmoqchi bo‘layotganlar: Oldin turmush farovonligimiz xorijning darajasida bo‘lsin!!! Oldin oyliklar ko‘tarilsin, oldin hamma ish bilan ta’minlansin!!! Nega hujjat topshirish uchun pul to‘lash kerak? Nega? Bir oilada ikki farzandi hujjat topshiradiganlar bor. 200 ming doriga pul topolmayotganlar bor. Axir institutlarga faqat o‘ziga to‘q oilalarning farzandlari topshirmaydiku!!! Gazetaga majburiy obuna yo‘qolsin, qishloqlarda o‘sha 200 mingni topish ham amrimahol deya ayuhannos soldik. Bu bekorga ketdimi? Qachon xalqni talashni bas qilasizlar? Tepada buni o‘ylab topayotganlar uchun 202 ming so‘m hech narsa emasdir. Ammo oddiy xalqchi? Oladigan oyligini to‘lovlarga to‘lasinmi, kasaliga ishlatsinmi, farzandini boqsinmi yoki har xil joydan chiqib kelayotgan turli xil mana shunday to‘lovlarga sarflasinmi? Chet el institutlariga hujjatlarni tarjima qildirish uchun 35 ming topib berolmagan paytlarimiz bo‘lgan. “O‘tolmay qolsachi, 35 mingga kuyib qolamizmi?” degan ikkilanishlarimiz bo‘lgan. Hozir ham hujjat topshirib o‘tolmay qolganlar 200 ming puli kuyganiga ichi achiydiganlar bor. Qaysi mezonlar hisobga olindi va ular to‘laydigan, xalqdan yig‘iladigan milliardlab pul nimaga xizmat qiladi?
Telegram kanallariga navbat
Bloger G‘ayrat Yo‘ldoshning ommabop “Qiziqarli xarita” kanalida dunyodagi ajabtovur mavzular bo‘yicha davlatlarning chiroyli suratlar bilan berib bormoqda. Postlardan birida quyidagi noodatiy xarita aks etgan.
Twitter’chilar davom ettiradi
Тандирдай катталикдаги ямалари бор йўлдан реконструкцияга тушиб ҳам хароба ҳолатда ётган бозор олдидан нетдан музлаган дарё устидан аварийни кўприкда ўтаётган болаларни расмини кўриб ишга кетаётган Матниёзни бошида бир ўй чарх уриб айланарди: Пахтакор гуруппадан чиқа олармикан?
— Призрачный Гонщик (@Gonshik42) February 20, 2019
Ёзинг, хитойликлар хурсанд бўлади.
— Файзуллоҳ Ўринбоев (@UrinboyevF) February 20, 2019
Қор қўлим тафтида 6 секундда эриб кетди. Ишонч эвазига қурилмаган муносабатам шунақа нарса дидим ўзимга ўзимдан донишманд ясаволиб
— Bemalolxo'ja (@xotirijam) February 20, 2019
Ijtimoiy tarmoqdagi rang-barang fikr-mulohazalarni biz bilan kuzatishda davom eting.
Isroil Tillaboyev tayyorladi.
Izoh (0)