“Qo‘qon parmalash ishlari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida olib borgan izlanishlari natijasida 1150 metr chuqurlikda tabiiy gaz koni aniqlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi online” xabar berdi.
Kondan chiqayotgan gaz miqdori kuniga 100 atmosfera bosimi ostida 205 ming kubometrni tashkil etmoqda. Bu oxirgi ikki yil davomida olib borilgan izlanishlar tufayli Buloqboshida topilgan uchinchi gaz koni.
2017-yilning noyabr oyida Uchtepa qishlog‘ida 1080 metr chuqurlikda ilk gaz koni topilgan edi. Undan 100 atmosfera bosimida soatiga 2300 — 2400 kubometr gaz oqimi chiqmoqda. 2018-yilda yana bir gaz koni topildi. Bu yerdan qazib olinayotgan gaz ham iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.
Mutaxassislar yangi gaz koni Buloqboshi tumanidagi so‘nggi kon emasligiga ishonch bildirmoqda.
Izoh (0)