Toshkentda 11-martdan 17-martga qadar Hashar Week aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Hafta davomida 21 ta chiqindi to‘plash maxsus punkti faqat saralangan maishiy chiqindilarni qabul qiladi. Loyiha tashkilotchilari fikricha, shu tarzda fuqarolarda chiqindilarni saralash ko‘nikmasi shakllanadi.
Hashar Week mobil ilovasi ishlab chiqilmoqda, u fuqarolarga chiqindilarni saralashda o‘yin shaklida ishtirok etish imkonini beradi. Unda jismoniy va yuridik shaxslar, maktab va OTMlari ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Hafta yakunida ishtirokchilarning har bir toifasi taqdirlanadi.
Ma’rifat yo‘nalishida esa 22 ta maktabda interfaol ochiq darslar hamda ommaviy leksiyalar tashkil qilinadi. San’at yo‘nalishida badiiy ko‘rgazma, biznes yo‘nalishida “Yashil startap” loyihalarining taqdimoti, “O‘zbekistonning ekoturistik salohiyati” mavzusida munozara o‘tkaziladi. “O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot: illyuziya yoki haqiqat” mavzusida konferensiya ham tashkil etish nazarda tutilgan.
Izoh (0)