Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2019-yilning 18-fevral kuni soat 18:50 da Samarqand shahar FVV boshqarma navbatchilik qismiga farzandining qo‘li go‘sht qiymalagich ichiga kirib qolganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

Aniqlanishicha, Beruniy ko‘chasi 23-uy 43-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Y. M.ning farzandi 2017-yilda tug‘ilgan A.F.ning o‘ng qo‘li uy-sharoitida foydalaniladigan elektr go‘sht qiymalagich ichiga kirib qolgan.

Shundan so‘ng, zudlik bilan boshqarma mas’ul navbatchisi va besh nafar qutqaruvchilar RShTYIM Samarqand filiali jarrohlik bo‘limiga yetib borgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

Ushbu vaziyatda bolaning qisilib qolgan barmoqlarini jarohatsiz chiqarib olish bo‘yicha tibbiy xodimlar va qutqaruvchilarning hamkorlikdagi o‘ta ehtiyotkorlik va mahorat bilan amalga oshirgan harakatlari natijasida elektr go‘sht qiymalagich maxsus moslamalar bilan kesib olindi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Foto: FVV matbuot xizmati

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida bolaning qo‘li moslamadan chiqarib olindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 7 ballik zilzilalarning ehtimoliy xaritasi e’lon qilindi
Sport
Fransiya Kubogi. “PSJ” “Marsel”ga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi 
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?