Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vaznidagi o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashevning (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi. Bu haqda GoSport xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 13-aprel kuni Ergashevning 17-jangi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bellashuv Nyu-Jersi shtatining Atlantik Siti shahridagi Boardwalk Hall arenasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Hozircha Ergashevning raqibi kim bo‘lishi ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev so‘nggi jangini 15-fevral kuni amerikalik Maykal Foksga (19 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat) qarshi o‘tkazib, ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)