Air India hind miliy aviakompaniyasi 29 yillik tanaffusdan so‘ng aviaqatnovlarni qayta tiklab, shia ziyoratchilarini Iroqning Najaf shahriga olib keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Aviaqatnovlar Najaf — Nyu-Deli — Najaf yo‘nalishi bo‘yicha haftada ikki marta, dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Hind aviakompaniyalari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 1990-yilda Iroqqa uchishni to‘xtatib qo‘ygan edi. Chunki o‘sha yil Bag‘dodga qarshi xalqaro sanksiya e’lon qilngan edi. Qariyb o‘ttiz yil davom etgan tanaffusdan so‘ng birinchi reys 14-fevral, payshanba kuni shia musulmonlarining asosiy ziyoratgohi Najaf shahriga qo‘ngan. Parvozda Hindistonning Iroqdagi elchisi Pradip Singx Rajpuroxita ham ishtirok etgan.
Izoh (0)