Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘z saylovoldi kampaniyasi uchun 70 million grivna (2,5 million dollardan ziyod) mablag‘ sarfladi. U buni o‘z mablag‘idan ishlatgan, deya yozadi “RIA Novosti”.
“Hozirgacha kampaniyaga 70 million grivna sarflandi. Yana qancha sarflanishi noma’lum. Buni vaqt ko‘rsatadi. Ammo qancha sarflansa ham, saylov fondiga buning aloqasi yo‘q”, — dedi Poroshenko shtabining vakili Medvedev.
Ukrainada prezidentlik saylovlari 31-mart kuni o‘tkaziladi. Saylovga 44 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tgan.
Izoh (0)