Mamlakat valyuta zaxiralarida oltin ulushini kamaytirib, uning o‘rniga AQSh g‘aznachilik obligatsiyalarini sotib olishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Spot.
“Joriy yilning boshidan buyon Markaziy bank o‘zining zaxiralarini boshqarish usullarini diversifikatsiya qiladi va AQShning ayrim g‘aznachilik majburiyatlarini sotib oladi”, — deydi Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov.
Londonga tashrifi davomida.
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston zaxirasining yarmi oltinda saqlanadi, sababi respublika uni o‘zi qazib oladi:
“Biz zaxiramizda oltin ulushini asta-sekin kamaytirishni va AQSh g‘azna obligatsiyalarini qo‘shishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi Ishmetov.
O‘zbekiston bu haftada o‘zining ilk bor xalqaro kapital bozorlarida joylashuvida 1 milliard AQSh dollarlik obligatsiyalar sotdi.
MarketAccess ma’lumotlariga ko‘ra, har ikkala obligatsiyalar payshanba kuni savdolar boshlanganidan so‘ng tushib ketgan — 5 yillik qog‘oz bir AQSh dollar uchun 99,66 sentni tashkil etgan bo‘lsa, 10 yillik qog‘oz 99,77 sent darajasida edi.
Jamshid Qo‘chqorov shuningdek, hukumat har yili xalqaro qarz bozorlaridan foydalanishni tasdiqladi va 2019-yil davomida O‘zbekistondagi ikki bank bozorga chiqish ehtimoli bor.
Unga ko‘ra, hukumat davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirishni davom ettiradi.
Izoh (0)