Professional boksning super og‘ir vazn (+90,7 kg) toifasida WBA, WBO, IBF va IBO yo‘nalishlari chempioni Entoni Joshua (22 ta jang, 22 ta g‘alaba, 21 ta nokaut) 1-iyun kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
Entoni Joshua Nyu-York shahridagi Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadigan jangda amerikalik Jarrel Miller (23 ta g‘alaba) qarshi ringga ko‘tariladi.
Joshua so‘nggi jangini 2018-yil 22-sentabrida Aleksandr Povetkinga qarshi o‘tkazib, rossiyalik raqibini nokautga uchratgandi. Miller esa o‘tgan yil noyabrida Bogdan Dinni nokautga uchratib, g‘alaba qozongandi. Ikkala bokschi ham faoliyati davomida bir marta ham mag‘lub bo‘lmagan.
Bu Joshua uchun Buyuk Britaniyadan tashqaridagi ilk jang bo‘ladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)