Joriy yilning 4—15-fevral kunlari Xalqaro valyuta jamg‘armasining missiyasi texnik ko‘mak berish doirasida Markaziy bankka tashrif buyurdi. Bu haqda Markaziy bankning Telegram’dagi rasmiy kanali xabar berdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Markaziy bankning monetar pul-kredit siyosati instrumentlari va ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarni takomillashtirish, xususan, ichki pul va valyuta bozorlarini rivojlantirish, shuningdek bank tizimida likvidlik darajasini prognozlashtirish va optimal foiz koridorini aniqlash usullarini ishlab chiqishda Markaziy bankka yaqindan ko‘mak berishdan iborat.
Tashrif davomida xalqaro ekspertlar Markaziy bankning pul va valyuta bozoridagi operatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini beradi.
Izoh (0)