O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mahallalarda jinoyatlar va huquqbuzarliklar yuz berishini oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlashda o‘zining xizmatlari bilan munosib hissa qo‘shgan profilaktika inspektorlari hamda mahalla faollarini e’tirof etib, ularni pul mukofoti bilan taqdirladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.
Shu munosabat bilan 12-fevral kuni “Xalqlar do‘stligi” saroyi oldidagi maydonda tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev taqdirlanganlarni tabrikladi.
Alohida o‘rnak ko‘rsatgan 120 nafar profilaktika inspektorlari hamda 48 nafar mahalla faollari e’tirof etildi, ularga jamoat xavfsizligini ta’minlashni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan pul mukofotlari taqdim etildi. Tadbirda profilaktika inspektorlari va mahalla faollarining oila a’zolari ham ishtirok etdi.
Izoh (0)