Adliya vazirligi tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida fuqarolarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyoti o‘rganilmoqda. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan quyidagi masalalar bo‘yicha taklif va mulohazalarni joriy yilning 20-fevraliga qadar Telegram’dagi @qonunchilikbot boti orqali yuborish so‘ralgan:
Tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifati;
Vaksinatsiyalash;
Order berish;
Protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlash;
Mehnatga layoqatsizlik varaqalari rasmiylashtiruvi;
Koykalar fondi.
Yuborilgan takliflardan sohaga oid qonunchilikni takomillashtirishda foydalaniladi.
Izoh (0)