• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Josuslik fitnalaridan Uchinchi jahon urushigacha aqldan ozayotgan dunyo. O‘tayotgan haftaning eng muhim voqealari

    “Daryo” o‘tayotgan haftada jahon siyosatida ro‘y bergan eng muhim voqealarga to‘xtalib o‘tadi.

    Taniqli uyg‘ur hofizining o‘limi Turkiya va Xitoy o‘rtasida nizo keltirib chiqardi

    Foto: Daily Sabah

    Foto: Daily Sabah

    10-fevral sanasida Turkiya Xitoyga uyg‘urlar uchun tashkil qilingan mehnat lagerlarini yopishni talab qilib nota yubordi.

    Turkiyaning mazkur notasi mehnat lagerlarida mashhur uyg‘ur millatiga mansub musiqachining vafoti ortidan yuz bermoqda. Abdurahim Hayit Xitoydagi Shinjon viloyatida joylashgan mehnat lagerida 8 yil mobaynida ushlab turilishi ortidan vafot etdi. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bu holat yuzasidan fikr bildirar ekan, bu Xitoy hukumatining uyg‘urlarga nisbatan repressiv siyosati mahsulidir, dedi. Xitoy tomoni o‘z bayonotida Turkiya tarafidan qilingan bayonot “hech qanday asoslarga ega emasligini” ta’kidladi.

    Turkiya TIV matbuot kotibi Hamid Oqsoy “XXI asrda konsentratsion mehnat lagerlarining mavjudligi va bu lagerlarda uyg‘ur-turk qavmining Xitoy xalqi bilan assimilyatsiyasini tezlashtirish ortidan qilayotgan xatti-harakati hech qanday usul bilan oqlab bo‘lmaydi. Bu jinoyat va bu mudhishdir. Xalqaro hamjamiyat bu borada uyg‘ur xalqini ozod qilish uchun Xitoyga nisbatan keskin choralarni ko‘rishi kerak”, — deya bayonot berdi.

    Eslatib o‘tamiz, uyg‘urlar Shinjondagi jami aholining 45 foizini tashkil etadi va ular kelib chiqishiga ko‘ra Markaziy Osiyo turkiy xalqlariga qarindosh elatdir. So‘nggi 20 yil mobaynida Xitoyning asosiy millati — xanlar Shinjon muxtor viloyatiga ko‘chirildi va natijada uyg‘urlarning an’analari va milliy merosi xitoylashtirish ta’sirida xavf ostida qolmoqda.

    Vengriya: Vengr ayollari ko‘proq farzand ko‘rsa…

    Viktor Orbanning Budapeshtda millatga murojaati payti. Foto: AFP/Getty Images

    Viktor Orbanning Budapeshtda millatga murojaati payti. Foto: AFP/Getty Images

    Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 10-fevral kuni muhojirlarga qarshi kurashish haqida gapirar ekan, vengr ayollarini ko‘proq farzandli bo‘lishga chaqirdi. Uning nazarida serfarzand oila musulmon muhojirlarining mamlakatga kirib kelishidan yaxshiroq. Millatga murojaat nutqida chiqish qilar ekan, janob Viktor Orban shunday deydi:

    “Yevropada borgan sari tug‘ilish kamayib ketayotgani va oilalar farzand ko‘rishga shoshilmayotgani ortidan aksar g‘arblik siyosatchilar muhojirlarni muammoning yechimi sifatida ko‘rsatmoqda. Biz vengrlar dunyoqarashimiz o‘ziga xos. Bizga vengr millatiga mansub bolalar kerak. Migratsiya biz uchun taslim bo‘lishdir”.

    Viktor Orban to‘rt va undan ko‘proq farzand ko‘radigan ayollarga daromad solig‘idan imtiyozlar, avtoulov olishda shartlari yengil bo‘lgan kreditlar va ijtimoiy markaz hamda bolalar bog‘chalari xizmatidan foydalanishda mablag‘ bilan yordam berish borasida bir qator chora tadbirlar amalga oshirilishini e’lon qildi.

    Ma’lumot o‘rnida, Viktor Orban o‘zi tashkil etgan “Fides — Yosh demokratlar ittifoqi” yetakchisi sifatida 2010-yildan beri Vengriya bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritib keladi.

    Nafrat sababi “sariq nimchalar”mi?

    Zidan va Materatssi. 2006-yilgi jahon chempionati finali. Foto: Getty Images

    Zidan va Materatssi. 2006-yilgi jahon chempionati finali. Foto: Getty Images

    11-fevral sanasida Times nashrida “Nima uchun fransuzlar va italyanlar bir-biridan nafratlanadi?” nomli sarlavha ostida maqola nashr etildi. Maqolada Fransiyaning Rimdagi elchisi Kristian Massening Italiyadan chiqarib yuborilgani Rim–Parij munosabatlarida so‘nggi 80 yil ichida endi kuzatilayotgani bayon qilinadi va o‘zaro nafratning sabablariga javob izlanadi.

    Josuslarni yaxshi ko‘radigan shahar

    Die Welt nashri Yevropa poytaxti Bryussel ayni damda josuslar shahri ekanini yozadi. Yevropa Tashqi ishlar bo‘yicha ichki havfsizlik xizmati xorijlik diplomatlar va harbiylarni rus va xitoy josuslaridan ogohlantirdi. Xavfsizlik xizmati keltirgam ma’lumotlarga ko‘ra, Bryusselda 250 ga yaqin xitoylik josus va 200 rus josusi faoliyat yuritmoqda. Xavfsizlik xizmati diplomatlarga Yevrokomissiya shtab-kvartirasiga yaqin bo‘lgan mashhur steyk-xauslardan va qahvaxonalardan imkon qadar uzoqroq bo‘lishni maslahat bergan.

    Die Welt Ichki xavfizlik xizmati ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, xitoylik va rossiyalik josuslar eng avvalo o‘z mamlakatlarining elchixona va savdo vakolatxonalarida faoliyat yuritadi. Bryussel, shuningdek, amerikalik va marokashlik josuslar uchun ham kerakli ma’lumotni qo‘lga kiritish imkonini beradigan shahar sifatida ko‘rilar ekan.

    Dunyo uchinchi jahon urushi arafasida

    AQShning Business Insider nashri “Amerika birinchi raqam bo‘lishi kerak” deb nomlangan maqola chop etdi. Maqolada dengiz kuchlari admirali Jon Richardson Amerika Xitoy va Rossiyaga nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘yish vaqti kelganligini aytadi. Admiral nazarida Xitoy va Rossiya xalqaro dengiz hududlarida tobora o‘zboshimchalik bilan harakat qilmoqda va bu bilan AQShga dov tashlamoqda.

    “AQSh tashabbusni o‘z qo‘liga oladigan payt keldi, ammo biz oqilona ish tutib, dimplomatiya vositasida qoidalarga amal qilinishni ularga eslatib qo‘yishimiz, ish bermagan taqdirda munosib javob qaytarishimiz kerak”, — deb bayonot berdi u.

    Admiral Jon Richardson Xitoy va Rossiya borasidagi fikrlarini isbotlash uchun Rossiya dengiz kuchlarini O‘rta Yer dengizida faol bo‘lib qolgani oqibatida Suriyaga dengiz hujumlari uyushtirilgani, Xitoyning AQSh esminetslarini cho‘ktirib yuborishga qodir bo‘lgan yangi turdagi raketalari reklamasiga asoslanib fikr bildirgan. Nima ham derdik, agar dunyoning taqdirini hal qilish AQSh, Xitoy va Rossiyaga bog‘liq ekan, ular tarixdan saboq olib, oqilona ish tutar.

    13.02.2019, 19:02   Izoh (0)   43056
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yana eshak va eshak go‘shti mojarosi

    13.02.2019, 18:20

    MAGATE inspektorlari Shimoliy Koreyadagi yadro obyektlarini tekshiruvdan o‘tkazadi

    13.02.2019, 16:59

    AQSh ittifoqchilaridan Xitoyning simsiz tarmoqlarda ishlaydigan uskunalarini taqiqlashni talab qilmoqda

    13.02.2019, 15:33

    Ogayoda haydovchi mo‘jiza tufayli YTHda omon qoldi (foto)

    13.02.2019, 15:20

    OAV: Xitoy Venesuela muxolifati bilan muzokaralar olib bormoqda

    13.02.2019, 15:09

    2019-yilda tinchlik uchun Nobel mukofotiga 300 dan ko‘proq nomzod ilgari surildi

    13.02.2019, 14:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05

    Bentley avtoturargohi va shaxsiy lifti bor 37,5 mln dollarlik pentxaus taqdim etdi

    Layfstayl | 19 iyun, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.