Qirg‘izistonning Jalolobod shahrida meva va sabzavotlarni saqlash uchun logistika markazi o‘z ishini boshladi. Markaz to‘rtta kameradan iborat bo‘lib, har birida 100 tonnagacha mahsulot saqlash mumkin, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.
Ayni paytda u yerda 15 tonna karam, 80 tonna kartoshka va 40 tonna olma saqlanmoqda. Ushbu markaz xitoylik va o‘zbekistonlik tadbirkorlarning 110 ming dollar miqdoridagi sarmoyasi bilan barpo etildi.
— Logistika markazi elektr quvvati uchun to‘lovni tijorat narxlarida beradi. Biz ishlab chiqarish korxonasi emasmiz va eksport qila olmaymiz. Agar saqlash korxonasi uchun imtiyoz bo‘lmasa, ishlash qiyin bo‘ladi, — dedi markaz rahbari Gulnoz Ergeshova.
Logistika markazi vakillari ushbu masala bilan parlament qo‘mitasiga murojaat etmoqchi.
Izoh (0)