12-fevral kuni Bishkekdagi opera va balet teatrida 2016—2018-yillarda adabiyot va san’at yo‘nalishida samarali ijod qilgan ijodkorlarni Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Foto: Yoshlar media markazi

Marosimda turli davlatlardan kelgan yozuvchilar, rejissyor va aktyorlar ishtirok etdi.

Xalqaro Aytmatov klubi tomonidan ko‘krak nishoni topshirilganlar orasida O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov ham bor.

Muqimiy nomidagi teatr rahbarining Aytmatov asarlari asosida spektakllar sahnalashtirishdagi xizmatlari e’tirof etildi.