Italiyaning “San-Remo” musiqiy tanlovida Mahmud (Mahmoud) reper “Soldi” (Pullar) qo‘shig‘i bilan g‘olib bo‘ldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
G‘olib tomoshabinlar ovoz berishi orqali aniqlangan.
Final bosqichda Mahmud rossiyalik tinglovchilarga Rossiyada o‘tkazilgan bir qator konsert dasturlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Il Volo opera-pop triosi va ovoz yig‘ishda yetakchi deb hisoblangan Ultimo ijrochisini ortda qoldirib birinchilikni egalladi.
Endi Mahmud Italiya nomidan “Yevrovideniya”da ishtirok etadi.
Mahmoud taxallusi bilan ijod qiluvchi Alessandro Maxmud 1992-yil Milanda tug‘ilgan. Otasi misrlik, onasi italiyalik.
Izoh (0)