Kaliforniya universiteti tibbiyot xodimlari dori moddalarini kasallangan a’zo yoki to‘qimaga yetkazib berishda bioreaktiv dvigatelga ega kichik tabletkalardan foydalanishni taklif qildi.
Katta miqdordagi dori vositalari amalda oshqozon-ichak tizimida erib ketib, zararlangan a’zogacha yetib bormaydi. Shuning uchun bemorlar preparatni ko‘p miqdorda qabul qilishga majbur bo‘ladi. Bu esa turli asoratlarga olib keladi yoki dori vositasini inyeksiya ko‘rinishda kiritishga majbur bo‘lishadi.
Olimlar uzoq yillardan buyon medikamentlarni kerakli a’zoga yetkazishning muqobil yo‘llarini yaratish ustida ishlamoqda. Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari jamoasi Jozef Van boshchiligida titan dioksidi va magniy nanobo‘lakchalari yordamida kasallangan a’zoga o‘ta aniqlik bilan yetkazib beruvchi reaktiv tabletka ishlanmasini taqdim etdi.
Titan dioksidi va magniy suv bilan birgalikda tabletkani kerakli joyga yetkazib beradigan reaktiv oqim hosil qiladi. Tajriba jarayonida olimlar ta’sir qiluvchi moddani tashqi tomondan oshqozon sokidan himoya qilib, hayvon ichagigacha yetkazishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)