To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
2019-yil 1-apreldan 2019—2021-yillarda mahsulotining kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalarining kreditlarini to‘lash xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan quyidagi tartibda qoplanadi:
- kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida;
- xorijiy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining 50 foizi miqdorida;
- nol stavkasini qo‘llagan holda vujudga kelgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan e’tiboran 7 ish kuni davomida soliq to‘lovchiga qaytariladi;
- birja savdolari orqali paxta tolasini sotib olishda qat’iy talab qilinadigan bank kafolatlari bekor qilinadi.
- 2019-yil hosilidan paxtani sotib olishda qo‘shilgan qiymat solig‘i amaldagi sotish narxidan kelib chiqib hisoblanadi.
2025-yilga qadar to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 7 milliard AQSh dollariga yetkazishni nazarda tutuvchi “2019—2025-yillar davomida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish Konsepsiyasi” ishlab chiqiladi.
2019/2020-o‘quv yilidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida xorijiy oliy o‘quv yurtlarining maxsus sirtqi ta’lim shakli joriy etiladi.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida shartnoma asosida o‘qitishning o‘zaro majburiyatlarini belgilab beruvchi shartnoma tuzish orqali uning bazaviy to‘lov kontraktini ikkinchi bosqichda kamida 50 foiz, uchinchi bosqichda kamida 75 foiz, to‘rtinchi bosqichda 100 foiz miqdorida to‘lab berishga ruxsat beriladi.
Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan ishlab chiqilayotgan kelishuvlarga bojxona to‘lovlari kamaytiriladi.
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining yagona axborot portali yaratiladi.
Izoh (0)