Turkiyaning Antaliya shahrida parataekvondo bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Tokio Paralimpiadasi uchun reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Azizjon Marasulov (+75 kg, K-44 yo‘nalishi) va Sanjar Muxtorov (-61 kg, K-42) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ayollar o‘rtasida esa Guljanoy Naimova (+58 kg, K-44) finalgacha yetib borib, kumush medali sohibasiga aylandi.
Bugun, 9-fevral kuni sportchilar O‘zbekistonga qaytib keldi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)