Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portaliga O‘zbekiston Prezidentining “ ‘Navoiy’ erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” gi qarori loyihasi joylashtirildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Qonun loyihasi doirasida “Navoiy” EIZ direksiyasi DUKni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish taklif etilmoqda.
Mazkur chora EIZ faoliyatini takomillashtirish va boshqaruv tizimini soddalashtirish, investitsiyalar jalb etish uchun sharoitlarni yaxshilash, zona hududida investitsiya loyihalarini tezkor amalga oshirilishini ta’minlash imkonini beradi.
“Navoiy EIZ direksiyasi” AJ huquq va majburiyatlar bo‘yicha “Navoiy EIZ direksiyasi” DUKning huquqiy vorisi bo‘ladi, tashkilot ustav kapitalida aksiyador vazifalarini davlat nomidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi amalga oshiradi.
Qonun loyihasida “Navoiy EIZ direksiyasi” AJ faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.
Shuningdek, qonun loyihasi doirasida 2019-yilning 1-martidan “Navoiy” EIZ hududida:
- soddalashtirilgan viza rejimi va xorijiy xodimlarini ishga yollash tartibi;
- litsenziyalash va ruxsat olishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish taklif etilmoqda.
Izoh (0)