Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyat hokimligi turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan 30 dan ortiq turistik kompaniyalar uchun info-tur tashkil etildi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Zarnews.uz”

Foto: “Zarnews.uz”

Samarqand viloyatining hamda turistik kompaniyalarning salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur info-turda ishtirokchilarga “Sheroz qal’a” arxeologiya yodgorligi, “Soy” restorani va ekoparki, “Zarafshon” milliy bog‘i hamda “Bog‘izog‘on” vino zavodi kabi yangi yo‘nalishlar tanishtirib o‘tildi.

Info-tur ishtirokchilari yangi turistik yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lib, mavjud shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Ishtirokchilar ushbu info-turda taqdim etilgan yangi yo‘nalishlar kelgusida Samarqand viloyatining turistik salohiyatini yanada oshirishiga hamda turistlarning viloyatda bo‘lish muddatlarining kamida 3 sutkaga yetkazilishiga zamin yaratishini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda